11 fev 16:05
Yangiliklar
Navoiyda yangi qurilgan dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTO
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvohidov, Xalq talimi vaziri Baxtiyor Saidov, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, Navoiy viloyati hokimi o'rinbosari S.Mirzaev hamda masul tashkilot azolari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda Navoiy viloyatida 1100 nafardan ziyod yoshlar sportning dzyudo sport turi bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda. Sportchilarning 28 nafari O'zbekiston terma jamoasi azosi hisoblanadi. Bu ko'rsatkichlarni yanada oshirish maqsadida qurilgan majmuada yoshlarimiz dzyudo bilan professional tarzda shug'ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Tadbirda sportchi yoshlar o'zlarining ko'rgazmali chiqishlari bilan barcha mehmonlarga yanda ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi. SHuningdek, ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'aIari taqdim etildi. Ishonamizki, kelgusida mazkur dzyudo sport majmuasidan ham nomdor sportchilar, jahon, Osiyo va Olimpiyada chempionlari etishib chiqadi.
Fikrlar