So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

06 apr 23:21
Yangiliklar

Qiziqarli!, Basketbol

NBA pley-offi LeBron va "Leykers"siz o'tadi. CHempionlikni qo'lga kiritishni xohlagan jamoa hatto pley-offga ham chiqa olmadi

Teglar :  Lebron JeymsLeykers
NBA pley-off bosqichi liganing super yulduzi LeBron Jeymssiz o'tadi.

LeBron Jeymssiz "Los-Anjeles Leykers" "Finiks"ga yutqazdi va jamoa NBA pley-offida o'ynash imkoniyatini butunlay yo'qotdi.

O'z tarixida 75-bor o'tkazilayotgan NBA muntazam chempionati yakunlanishiga oz vaqt qoldi. Jamoalarda atigi uchtadan o'yin bor. Ushbu 3 tur yakunlangach ikkala konferenciyada ham mavsumning hal qiluvchi bosqichida ishtirok etadigan jamoalar nomi malum bo'ladi. Bu yil esa, afsuski, "Los-Anjeles Leykers" pley-offda qatnashchilar ro'yxatida bo'lmaydi. Jamoa bugun ketma-ket ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va hatto pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Ammo mavsum boshida Rassel Uestbruk jamoaga kelib qo'shilganidan so'ng kaliforniyaliklar chempionlik uchun asosiy davogar deya qaralgan edi. Bu juda yomon hazilga o'xshaydi.

Hozirda Frenk Vogel shogirdlarida 31 ta g'alaba (39,2%) va 48 ta mag'lubiyat bor. Bu natija bilan ular G'arbiy konferenciya turnir jadvalining 11-pog'onasida bormoqda. 10-o'rindagi "San-Antonio"da esa 34 ta g'alaba (43%) va 45 ta mag'lubiyat bor. Nazariy jihatdan har ikki jamoa ham mavsumni bir xil – 34-48 natija bilan yakunlashi mumkin. O'zaro uchrashuvlarda esa durang (2:2). Ammo hozir "Spyors" jamoasi G'arbiy konferenciya jamoalari bilan o'yinlarda ancha yaxshi natija ko'rsatishdi (24-25 va Leykersga qarshi 16-33), shuning uchun "Leykers" ularga etib ololmaydi.

Pley-offga chiqish uchun "Leykers" bugun "Finiks"ga qarshi uchrashuvda g'alaba qozonishi va "San-Antonio"ni "Denver"ga yutqazishiga umid qilishi kerak edi. Ammo buning aksi bo'ldi. "Los-Anjeles" o'z uyida 110:121 hisobida mag'lub bo'ldi, Greg Popovich shogirdlari esa yirik hisobda g'alaba qozonishdi – 116:97.

"Sanz" allaqachon G'arbiy konferenciya turnir jadvalida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. Bugun ular muntazam chempionatdagi 63-g'alabasini tantana qildi va klub rekordini o'rnatishdi.

"Leykers"ning hozirgi "Finiks"ni mag'lub etish imkoniyati unchalik yuqori emas edi va LeBron Jeyms ham to'pig'idagi muammolar tufayli uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Ammo bugun, jarohat bilan o'ynagan Entoni Devis va bir yarim oyni o'tkazib yuborgan Rassell Uestbruk ajoyib o'yin namoyish etdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida "Sanz" jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi. "Leykers"ni ham raqibga qaraganda ancha ishonchli ko'rindi deya olmaymiz, lekin ular o'yin boshida aniqroq, samaraliroq o'yin namoyish etishdi. Va ular hatto birinchi chorakni (31:28) g'alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo'lishdi. SHuningdek, ikkinchi bo'lim o'rtalarigacha biroz ustunlik bilan oldinda ham borishdi. To'g'ri, keyinroq Kris Pol o'yinga faol qo'shilgach, "Finiks" navbatdagi bo'limda 8:0 hisobida oldinga chiqib olishga muvaffaq bo'ldi. Jamoalar katta tanaffusga 58:63 hisobida yo'l olishdi. 

Ammo tanaffusdan so'ng o'yin to'liq "Finiks" tomonidan nazorat qilindi. Hisobdagi farq hatto, 26 ochkoga etdi. Faqatgina yakunda, "Finiks" o'yinni erkin qo'yib yuborganida, "Leykers" oradagi farqni 19 ochkodan 11 ochkoga qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. Lekin bu albatta, jamoani mag'lubiyatdan qutqarib qololmadi. Bu mag'lubiyat "Leykers"ni NBA pley-offidan mahrum qildi. 

Devin Buker 32 ochko, 7 riband va 4 samarali uzatma bilan "Finiks"ning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. "Leykers"da 28 ochko bilan Rassell Uestbruk ajralib turdi. Rassell faoliyatida ilk bor pley-offni o'tkazib yuboradi. Bu LeBron bilan uch marta sodir bo'lgan: u 2003/2004, 2004/2005 va 2018/2019 yilgi mavsumda ham hal qiluvchi bosqichga chiqa olmagan.

Bu, albatta, jamoa kutgan natija emas. Frenk Vogel har bir o'yindan so'ng jamoasini qo'lidan kelganicha oqladi, ammo, afsuski, u jamoa nima sababdan pley-offsiz qolganini tushuntirib berolmadi. 

"Biz muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Bugun ham. Aytishim mumkinki, bu jadallik etishmagani tufayli emas. Hammamiz harakat qildik. Yigitlarim oxirigacha kurashishdi. Ammo ular shunchaki mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunladilar",- dedi murabbiy.

Ammo Entoni Devis asosiy sabab nimadaligini aytdi:

“Maqsadimiz chempionlikni qo'lga kiritish edi. Bizda hamma narsa bor deb o'ylayman, ammo jarohatlar bunga xalaqit berdi. Men, LeBron, Russell - biz ajoyib o'yinchilarmiz, agar maydonda birga ko'proq vaqt o'tkazganimizda buni yanada yaxshi isbotlab berolardik. Lekin biz buni uddalay olmadik. SHuning uchun, uchta eng yaxshi o'yinchi maydonda etarlicha vaqt o'ynamasa, chempionlik uchun kurashish qiyin. Afsuski, biz hisob-kitob qilishimiz va mavsum va yozning qolgan qismida endi nima bo'lishini tushunishimiz kerak".

Devisning o'zi ligadagi eng travmatik o'yinchilardan biri va bu uzoq vaqtdan beri malum. SHuningdek, Uestbruk, Ey Di va Lebron bilan birga "Katta uchlik"ga kirishi dargumon edi. Mavsumdan tashqari, "Leykers"ning joriy ro'yxatini shakllantirish paytida muhokama qilingan barcha muammolar muntazam chempionatda sodir bo'ldi. Jamoa chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri deb qaralishiga qaramay, bunga ishonish qiyin edi. 

"Leykers" uchun muvaffaqiyatsiz o'tgan mavsum qo'rqinchli bir tushdek o'tib ketishini tilab, jamoa keyingi mavsumga har doimgidanda kuchli bo'lib qaytishiga umid qilamiz. 


championat.com sayti asosida Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing