So’nggi yangiliklar

09:43Жавоҳир Синдаров - Гукеш Доммаражу: ўйинларнинг тўлиқ тақвими расман маълум бўлди 0 09:04UFC Fight Night 290 тарози натижалари: уч жангчи вазн қила олмади, улардан бири ортиқча 3,4 кг тош босди 0 08:33Деонтей Уайлдер шу йил енгилмас жаҳон чемпиони билан жанг қилиши мумкин 0 08:02Терма жамоамиз Марокашга мағлуб бўлди 0 19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0

23 jan 18:41
Yangiliklar

Tennis

Netflix serialining 10 qahramonidan hech biri Australian Open 1/4 finaliga chiqa olmadi

Teglar :  Australian Open
Mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turnirni - Australian Open kutilgan va kutilmagan voqealarga boy bo'lmoqda.

Netflix tennis sport turi haqida «Breyk-poynt» nomli hujjatli serialni suratga oldi va Avstraliya Ochiq chempionati boshlanishidan oldin uni ommaga taqdim etdi. SHubhasiz, vaqt strategik tomonlama o'ylab tanlangan edi, tennisni targ'ib qilish uchun "Katta Dubulg'a" turnirlaridan ko'ra yaxshiroq vaqt yo'q.

O'tgan mavsum davomida suratga olingan serial o'n qismdan iborat. Serialdagi dastlabki qismlar o'n tennischi atrofida qurilgan. Ularning ko'pchiligi 2022 yilda Netflix kameralari ostida sezilarli natijalarga erishganligi xarakterlidir:

• Teylor Fritc (chapdan birinchi) Indian-Uellsdagi "Masters" turnirida g'olib chiqdi va ATR reytingida Top-10 talikka kirdi,

• Paula Badosa Indian-Uells "Masters" turniri chempionligini qo'lga kiritdi va jahonning ikkinchi raketkasi aylandi,

• Ons Jaber va Kasper Ruud ikkitadan "Katta Dubulg'a" finalida o'ynashdi,

• Nik Kirgios va Tanasi Kokkinakis Asutralian Open'ning juftlik bahslarida g'alaba qozonishdi,

• Feliks Oje-Alyassim sakkizta ATR turniri finalida mag'lub bo'lgach, keyingi beshtadan to'rttasida g'alaba qozondi,

• Ayla Tomlyanovich o'zining so'nggi turniri - US Open'da Serena Uilyamsni mag'lub etdi,

• Matteo Berrettini yana bir "Ulkan toj" turniri yarim finalida o'ynadi va jarohatidan so'ng ketma-ket ikkita turnirda g'olib chiqdi,

• Mariya Sakkari Top-3ga kirishga muvaffaq bo'ldi.

Barcha o'nta Netflix qahramonlari Avstraliya Ochiq chempionatidagi ishtirokini boshlanishi kerak edi. 

Ammo, turnir boshlanishidan oldin Netflix qahramonlarining uchdan bir qismi bo'lgan Badosa, Tomlyanovich va Kirgios jarohatlari sabab musobaqani tark etishdi.

O'tgan yilgi yarim finalchi Berrettini birinchi raundda Endi Marreyga yutqazib qo'yganida, bu britaniyalikning jahonning birinchi raqamli tennischisi bo'lganidan keyin qariyb olti yil ichida "Katta Dubulg'a"da kuchli 20 talikdagi raqibi ustidan qozongan birinchi g'alabasi edi. 

Ruud va Jaber "Ulkan Toj"da hech qachon eng kuchli 10 o'yinchini mag'lub eta olmagan. Fric esa kuchli 100 likda bo'lmagan Aleksey Popiringa mag'lub bo'ldi. Va Kokkinakis tennis tarixidagi eng aql bovar qilmaydigan kambekda Marreyga yutqazdi.

Ikkita to'liq davradan so'ng turnirda o'nta Netflix qahramonidan faqat ikkitasi qoldi: Oje va Sakkari, shuning uchun Britaniyaning Twitter'dagi sahifasida shunday post paydo bo'ldi: "Aniqlik kiriting: bu aniq tasodif...????"

Nihoyat, Sakkari dunyoning 87-raketkasi CHju Linga yutqazib, turnirning uchinchi bosqichidan o'ta olmadi va turnirni tark etdi. 

Natijada, birinchi haftaning oxiriga kelib, Avstraliya Ochiq chempionatidagi barcha «Breyk-poynt» qahramonlaridan faqat Feliks Oje qoldi. Bu holatda Netflix javob tariqasida Ojening uchinchi raunddagi g'alabasini "Keling, gaplashaylik", - deya izoh qoldirdi.

Ammo Oje ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. U navbatdagi o'yinida 21 yoshli Jiri Lexechkaga yutqazdi. 

SHunday qilib, Netflix'ning 10 qahramoni turnirning final yoki yarim finali uyoqda tursin, chorak finaliga ham chiqa olmadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing