06 iyu 08:49
Yangiliklar
Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Jahon chempionati 1/8 finali doirasida Norvegiyaga qarshi kechgan bahsdan so'ng, braziliyalik vinger his-to'yg'ularga boy fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv Braziliyaning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan tugadi. Neymarning o'zi zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.
"Men harakat qildim, juda ko'p harakat qildim. Endi hammasi tugadi. Men shu erda boshlagandim, shu erda tugatdim", — deya Neymarning so'zlarini keltiruyut Globo nashri.
Braziliya turnirdagi ishtirokini yakunladi. Neymar terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. U 2010 yildan buyon milliy jamoa libosida umumiy hisobda 130 ta o'yin o'tkazib, 80 ta gol urdi va 59 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar