27 may 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Dias faoliyatidagi eng qiyin jangini esladi. Bu Konor bilan bo'lgan jang emas!
Engil vazn toifasida UFC kamari uchun sobiq davogar Neyt Dias hamyurti bilan bo'lgan jangi faoliyatidagi eng qiyini ekanini aytdi.
Josh Nirga qarshi jang 2008 yil 17 sentyabr kuni Omaxa (Nebraska, AQSH) shahrida tashkil etilgan UFC Fight Night 15 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda Dias ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
"Josh Nir ismli bir yigit bor. U chinakam zo'r raqib. Biz jang qilganmiz, hozir esa Josh mening do'stim. Aytgancha, u Nik (Neytning akasi) bilan ham jang qilgan. Ular uch raundlik jang o'tkazishgan. O'shanda o'zimcha o'ylaganimni eslayman: "Bu lanati yigit aqldan ozgan".
Faoliyatimni boshlagan paytimda, matchmeykerlardan eng qiyin raqibni so'radim. Ular menga Joshni berishdi. U bilan bo'lgan jang mening faoliyatimdagi chinakamiga eng qiyini bo'ldi", dedi Dias.
Havola :
Manba : BloodyElbow
Fikrlar