12 iyu 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Neyt Diaz: Edvards bilan bahsga chempionlik jangidek qarayapman
Amerikalik UFC jangchisi Neyt Diaz britaniyalik Leon Edvardsga qarshi jangga juda jiddiy tayyorlanyotganini bildirdi.
"Edvards - sokin yigit, uni ko'pchilik bilmaydi. Agarda men diviziondagi eng yuqoridagi jangchilar bilan jang qila olmas ekanman, demak bor imkoniyatlardan foydalanishim lozim. Men bu erda hali ham kuchli ekanimni isbotlash uchun turibman.
Kurashishni sevaman. Men jang qilishni xohlayman, ammo unchalik mashhur bo'lmagan jangchilar bilan qiynalaman. Edvards bilan jangga chempionlik jangidek qarayapman", - dedi Neyt Diaz.
Eslatib o'tamiz, UFC 263 turniri Toshkent vaqti bilan 13 iyun kuni tongda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar