15 iyu 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/226828_220.jpg)
Neyt Diaz: "UFC Konor bilan jang qilishimni istayapti, lekin bu menga kerak emas"
Amerikalik UFC jangchisi Neyt Diaz yana bir bor tashkilotdan ketish istagini bildirdi.
"Men shou tashkil etib berishga harakat qildim. Ular shartnomani bekor qilmoqchi emas, meni garovda ushlab turishibdi. Men esa ketmoqchiman. Bu mening bosh maqsadim. Ular Konor bilan jang qilishimni istashyapti, menga esa bu kerak emas.
Men UFC'ni hurmat qilaman, lekin ular meni faqatgina o'z xonalarida hurmat qilishadi, omma oldida esa meni qadrsizlantirishadi", - deya Diazning so'zlarini keltiradi MMA Fighting nashri.
Eslatib o'tamiz, Neyt so'nggi bor 2021 yilning 13 iyunida Leon Edvardsga qarshi jang qilgan edi. Avvalroq ham Diaz tezroq UFC'dan ketmoqchiligi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar