24 sen 07:59
Yangiliklar

NFC 44. Vakillarimiz ishtirokidagi janglar natijasi bitta sahifada
Hilola Sobirovaning qozog'istonlik Janel Nabievaga qarshi jangi to'liq davom etdi. Ushbu qarama-qarshilikda hakamlarning yakdil qarori bilan vakilamiz g'alaba qozondi.
Prelim karddan o'rin olgan Ilyosjon Hasanovning mezbonlar vakili Bag'lan Jaxanshaga qarshi qiziqarli jangida qozog'istonlikning qo'li baland ko'tarildi.
Birinchi yarim engil vazn toifasidagi vakilimiz Islom Jumaev (2-1-0) hamda rossiyalik Nabi Ashuraliev (6-1-0) o'rtasidagi jang muddatidan yakunlandi. Ashuraliev to'qnashuvning dastlabki raundida hamyurtimizni bo'g'ish uslubida mag'lub etdi.
Og'ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Obid Sobirov hamda rossiyalik Marat Aliasxabov ishtirokida jangning dastlabki raundida rossiyalik MMA ustasi Sobirovni texnik nokautga uchratdi.
Oqshomning markaziy jangida liga chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Farhodjon Mashrapov (7-4) mezbonlar vakili Magomed Kabardiev (8-0)ga qarshi oktagonga chiqdi.
Afsuski, Kabardiev ikkinchi raundda Mashrapovni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi va chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Fikrlar