13 iyu 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Ngannu Derrik Lyuis bilan jang qilmoqchi emas. U Jonsni kutmoqda!
Amaldagi UFC chempioni Fransis Ngannu Derrik Lyuis bilan jang qilish niyatida emasligini aytdi.
Ngannu aksincha, sobiq chempion Jon Jons bilan jang qilishni rejalashtirmoqda.
"Aslida, men Jon Jons bilan jang qilmoqchiman. Menga insonlar nima deyotgani qiziq emas. Men Jon Jonga qarshi jang o'tkazilishini xohlayman. Tana tuzilishim undan qolishmaydi. Men ham kuchli jangchiman. Jonsning mahoratiga va kuchiga shubha yo'q.
Men uni mag'lub etaman. Qaysi raunddaligi muhim emas - jang nokaut bilan tugaydi", - dedi Ngannu.
Avvalroq, UFC tashkiloti Fransis Ngannu va Derrik Lyuis jangini rasman elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar