10 avg 16:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu - Fyuriga: "Hovuzingdagi eng katta baliqman"
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri o'z vaznida hozirgi vaqtda yaqqol dominant ekanini takidladi.
"Men eng zo'riman. Bu vaznda jang qilganlar ichida eng yaxshisiman! Men haqiqiy bossman va og'ir vaznlilarni boshqaraman", - deya takidlagan edi Fyuri ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Huddi shu vaznda harakat qiluvchi UFC jangchisi Frensis Ngannu esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Ayni paytda hovuzingdagi eng yirik baliqman".
Eslatib o'tamiz, Fyuri so'nggi bor 24 aprel kuni, Dillian Uaytga qarshi jang qilgan edi. Frensis Ngannu esa so'nggi jangini 23 yanvar kuni Siril Ganga qarshi o'tkazgan edi.
Avvalroq, Tayson Fyuri yangi jangi uchun muzokaralarga kirishgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar