21 iyu 07:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu Fyuriga qarshi jangdan oldingi rejalarini oshkor qildi
UFCning og'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Frensis Ngannu superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyurini qay tarzda mag'lub etmoqchiligini aytdi.
"Jang vaziyatga qarab o'zgarishi mumkin. Menimcha, u meni masofada ushlab turib, hakamlar qarori evaziga g'alabani ilib ketmoqchi. Barcha yo'nalishlar bo'yicha ishlayapman va jangda g'olib bo'lmoqchiman.
Masofa muammosini hal qilishim kerak bo'ladi, chunki raqibim bunday holatda o'zini yaxshi his qiladi. Men uning barcha o'ylagan rejalarini yo'q qilishim va o'z boshimdan balandga sakrashim kerak. Bilaman, bu oson bo'lmaydi. Ammo rostdan ham yutishni istayman", - dedi Ngannu "Middle Easy"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri - Frensis Ngannu jangi 28 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Middle Easy
Fikrlar