02 mar 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu MMAga qachon qaytishini aytdi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu MMAga qaytish niyati borligini malum qildi.
Biroq buning uchun u avval boks jangida ishtirok etishini aytdi.
"Albatta MMAga qaytaman. Biroq boks jangidan oldin emas. Hozir qaytishdan oldin boksda o'zimni sinab ko'rishni istayman. Hech bo'lmasa bitta jang. Undan keyin MMAga qaytaman", - dedi Ngannu.
Frensisning oktagondagi so'nggi jangi o'tgan yilning yanvar oyida bo'lib o'tgandi. O'shanda u Siril Ganni mag'lub etgan edi. Yaqinda Ngannu UFC promoushenini tark etdi va og'ir vazn bo'yicha chempionlik kamarini egasiz qoldirdi.
Umumiy hisobda u 20 ta jangda ishtirok etib, shularning 17 tasida (12 nokaut) g'alabaga erishgan va 3 marta mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : The Schmo
Fikrlar