27 may 18:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu nima uchun UFC bilan yangi shartnoma imzolamaganini aytdi
Sobiq UFC jangchisi Frensis Ngannuning aytishicha, agar gap faqat pulda bo'lganida, Dana Uayt bilan yangi shartnoma imzolashgan bo'lar edi.
"Men undan nihoyat jang qila olamanmi deb so'radim. Menda sakkizta jangdan iborat shartnoma bor edi va u janglarni o'tkazishni xohlardim. Lekin yangi shartnoma imzolamaganim uchun ruxsat berishmadi.
Ular bu shartnomani bajarishim bilanoq erkin agentga aylanishimni bilishardi. Ular mening juda oz narsa olishimni tushunib, iflos o'yin qilishdi. Ular bundan tirikchilik qilishimni bilishardi. SHuning uchun ularning taklifini qabul qilishim kerakligini tushunishdi.
Menda boshqa daromad yo'q edi va ular meni asirlikda ushlab turishdi. Agar gap ko'p pulda bo'lsa, men shartnomani imzolagan bo'lardim. CHunki ular haqiqatan ham ko'p taklif qilishdi", - dedi Ngannu.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar