17 apr 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannu operaciyadan keyingi tiklanish jarayoni qanday o'tayotganini ko'rsatdi + FOTO
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga operaciyadan keyin tizza jarohatini tiklash jarayoni qanday o'tayotgani haqidagi yangi surat joylashtirdi.
"Sekin. Ammo, barqaror. Reabilitaciya jarayoni yaxshi ketmoqda", — deya suratni izohlagan Ngannu.
Ngannu franciyalik Siril Gan bilan jangga tayyorgarlik ko'rayotgan paytida tizzasini shikastlab olgandi. Frensis avvalroq UFC bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha jang o'tkazmasligini malum qilgan edi. Uning bitta jang uchun o'rtacha maoshi 500-600 ming dollar atrofida.
Frensisning fikricha, keyingi shartnomasi boks bilan bo'ladi. CHunki boksda unga ko'proq haq to'lashadi. Ammo, yaqinda UFC prezidenti Dana Uayt tomonlar hali ham kelisha olishlariga ishonch bildirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar