So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

31 mar 17:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Ngannu uchun boks tugadimi yoxud kamerunlikni endi yulduzlar bilan ko'rmaymizmi?

Sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu o'tgan yilning kuzida tom manoda MMAdan o'zi uchun yog'liq hisoblangan professional boksga uchib o'tdi.

Frensis uzoq vaqtdan beri Konor Makgregor izidan bormoqchi edi, biroq Dana Uayt unga boks jangini o'tkazishga ruxsat bermadi. O'z orzusiini amalga oshirish uchun Ngannu UFC’ni tark etishga majbur bo'ldi. Malum bir muddat kamerunilk sportchi yo'q bo'lib qoldi, ammo tez orada boksda yangiliklar bo'lishiga ishontirdi. Va nihoyat, bomba yangilik tayyor bo'ldi. U raqib sifatida jahonning eng zo'r og'ir vazn toifasidagi bokschilaridan biri Tayson Fyurini qabul qildi. Sobiq UFC chempioni jahon chempioni bilan to'liq 10 raund jang o'tkazdi, hatto uni bir marotaba nokdaun holatiga tushirishga ham muvaffaq bo'ldi. Debyut jangida mag'lub bo'lishiga qaramay, bu natija chakki emasdi. 

Ilk jangining o'zidanoq UFC‘da o'tkazilgan barcha janglardan ko'ra, ko'proq pul ishlab topgan Frensisning ishtahasi ochilib ketdi. U Taysondan keyin yana bir taniqli bokschi, 3 ta yo'nalishda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuani jangga chorladi. Biroq ushbu bahsda Ngannu ilk jangidagi muvaffaqiyatni takrorlay olmadi: Joshua uni ikki marotaba nokdaun holatiga tushirdi va nokaut evaziga hech qanday imkon qoldirmay taslim etdi. Entoni kamerunlik bilan shu qadar tez va oson jang qilganini ko'rib, ko'pchilik hayratda qoldi. Xo'sh, Frensis bokschi sifatida tugadimi? O'sha kuni sobiq UFC chempioni ilk marotaba ringga olib kirilgan bolaga o'xshab qoldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu uning yaxshi bokschi emasligidan dalolatmi? Yo'q, bunday emas, u shunchaki hali tajribasiz. O'ylab ko'raylik, bu Frensisning boksdagi ikkinchi jangi bo'ldi, u har ikki jangda ham kuchli raqiblarga qarshi ringa ko'tarildi. Sezish qiyin emaski, Fyuri Ngannu bilan to'qnashuvga u qadar jiddiy tayyorgarlik ko'rmagan, qahramonimiz bo'lsa aksincha. Joshuaning yutug'i shu bo'ldiki, u Ngannuning Taysonga qarshi dueldagi xatolarini xotirjamlik ila o'rganib, raqibining zaif tomonlarini puxta o'zlashtirdi. 

Britaniyalikka qarshi bahsda kamerunlikda jiddiy muammolar ko'zga tashlandi. Joshua o'zining zarbalari bilan uning bloklarini «echib tashladi». Birinchi nokdaun kuzatilgan vaziyatda Ngannu o'zini janubiy poziciyada qoldirdi. Fyuriga qarshi to'qnashuvdan farqli o'laroq Frensis ushbu jangda muxlislarni ajablantira olmadi. Qahramonimiz bilan duelda EyJey ilk daqiqalardan tezlikda oldinga intilib, zarbalar seriyasi orqali raqibini «yanchib tashladi». Qarama-qarshilik rejaga muvofiq kechmagach, sobiq UFC chempioni seriyalardan o'ziga kela olmadi va bahs tugatildi. Bularning barchasini kamerunlikning hali boks bo'yicha etarli tajribaga ega emasligi bilan bog'lash mumkin. 

Biz bu qadar diqqat markazida bo'lishni istagan Entonini ancha vaqtdan beri ko'rmagan edik, chunki Usik-Fyuri jangi g'olibiga qarshi potencial raqib sifatida ko'rilayotgan Joshua bu duelda mag'lub bo'lmasligi shart edi. Ngannu uchun ushbu to'qnashuv faoliyatidagi eng omadsiz kunlardan biri bo'ldi, lekin ikki raundlik jang uchun 20 million dollarlik chek bu omadsiz kunni omad bilan yakunlagani ham bor gap. Frensis nimalarga qodir ekanligini hali to'liq ko'rsata olganicha yo'q. Ha, agar u «bolg'asi»ni Entonining jag'iga etkaza olganida, barchasi boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Ammo yakunda unday bo'lmadi. Ngannu uchun yana bir minus omili shundaki, u joriy yilning sentyabr oyida 38 yoshga to'ladi. Tajriba orttirish uchun unda etarli vaqt juda kam, balki buning iloji ham yo'qdir. 

Kamerunlikka bokschi sifatida talab bor, bu aniq. Ayniqsa, Saudiya Arabistonida, chunki ular shoularni va katta nomlarni yaxshi ko'radi. Masala shundaki, sobiq UFC chempionining o'zi yangi chorlovlarni qabul qiladimi yoki yo'q? EyJeyga qarshi bunday chiqishdan keyin u endi Usik, Tayson kabi kuchlilarni unutushi lozim. Arablar Ngannu va Uaylder o'rtasidagi jangni tashkil qilishlari mumkin, shuningdek Jozef Parkerga qarshi bahs ham rejada mavjud. Ularning har ikkisi bilan bo'lajak duel muxlislar etiborini o'ziga tortishi shubhasiz. Kelgusi to'qnashuvlarda Frensis bu qadar sust tayyorgarlik ko'rib ringga chiqadigan bo'lsa, mayib bo'lib qolishi ham hech gap emas.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing