26 apr 18:31
Yangiliklar
Ngannu UFC bilan bir holatdagina shartnoma imzolamasligi mumkin
Kamerunlik jangchining so'zlariga ko'ra, agar UFC uning britaniyalik bokschi, superog'ir vaznda WBC kamari sohibi Tayson Fyuri bilan jangiga to'sqinlik qilsa, u yangi shartnomaga imzo chekmaydi.
"Fyuri bilan jang kelishuvning bir qismi bo'lishi kerak. Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, hech qanday shartnoma bo'lmaydi. Agar UFC bilan hozirgisi bilan bir hil shartnoma imzolasam, muammoli vaziyatga tushib qolaman. Boshqa bunday bo'lmaydi. Biz Fyuri bilan jang shartnomaga qo'shilishini aniqlashimiz kerak.
UFC — yaxshi promoushen. Men jang qilishda davom etmoqchiman. Fyuri bilan jang faoliyatimdagi so'nggisi bo'lmaydi, bu to'qnashuvdan so'ng hali yana ko'p bor jang qilaman. Jon Jons bor, Stipe Miochich bilan trilogiya bor. Umuman olganda, UFCda o'tkazishni xohlaydigan ko'p katta janglarim bor. Men umumiy poziciyaga kelishimizni xohlardim", - deya Ngannuning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Fikrlar