02 jan 07:01
Yangiliklar

Ngannu UFC bilan yangi shartnoma imzolash shartini aytdi
Ngannu 22 yanvar kuni Anaxaymda bo'lib o'tadigan UFC 270 turnirida Siril Ganga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jangdan so'ng Ngannu tashkilot bilan yangi shartnoma imzolaydi. Faqat buning uchun kelishuvda professional boksda o'zini sinab ko'rish imkonini beruvchi band bo'lishi lozim.
"Tayson Fyuri, Deontey Uaylder – men o'zimni shu darajada sinab ko'rmoqchiman", — dedi Frensis TMZ Sports nashriga bergan intervyusida. “Albatta, bu boshqa sport turi, lekin zarba ko'tara olishimga aminman. Men har doim boksda o'z kuchimni sinab ko'rmoqchi bo'lganman va fikrimdan voz kechmayman. Agar biz UFC bilan kelishib olsak ham, boks shartnomaning bir qismi bo'lishi kerak, chunki men faoliyatimni bokssiz yakunlashni tasavvur qilolmayman".
Avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Siril Gan ustidan g'alaba qozongan taqdirda Frensis Ngannu "shartnomasidan chiqib ketmasligi" va tashkilotda yana kamida bitta jang o'tkazishini malum qilgandi.
Fikrlar