26 jan 09:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Ngannu UFC'dan uni sudga berishlari borasidagi xat qabul qilib oldi
Bu haqida jurnalist Jeyson Xegxolm xabar qildi.
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu tashkilotdan uni sudga berishlari mumkinligi haqida xat olgani malum bo'ldi.
"Ngannu hozirgina aytdiki, u va uning jamoasi UFC'dan ogohlantirish xati olgan. Bunga sabab, ular "Honda-centre"ga kelishganida bloger Jeyk Polning promouteri Nakisa Bidarian bilan boks jangi borasida muzokara o'tkazishgan", - deb yozadi Jeyson Xegxolm.
Eslatib o'tamiz, Frensis Ngannu kuni kecha Siril Ganni mag'lubiyatga uchratib, chempionlik kamarini himoya qilgan edi. Ngannu hozirda UFC bilan ziddiyatlarga bormoqda. Ganga qarshi jang u uchun UFC`dagi so'nggisi bo'lishi ham mumkin.
Havola :
Manba : ESPN.com
Fikrlar