03 sen 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Ngannu va Uaylder o'zaro jang qilishga kelishib olishdi
Prof boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylderning og'ir vaznda UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu bilan jang qilishi kutilmoqda.
Har ikki sportchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jang o'tkazish bo'yicha kelishib olganliklarini oshkor qilishdi.
Frensis Ngannu: "Bu bahsga chek qo'yish vaqti keldi. Bu jang kimga og'ir zarba yo'llanishini ko'rsatib beradi".
Deontey Uaylder: "Men chaqiruvni qabul qilaman. Bir qadam ham orqaga tashlamayman. Ringga chiqqach, nima demoqchi bo'lganimni tushunib olasan", deb yozgan Uaylder.
Havola :
Manba : Main Card
Fikrlar