17 may 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Ngannuning PFLʼdagi raqiblari har bir jang uchun qancha gonorar olishi malum bo'ldi
Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu PFLʼdagi raqiblari 2 million dollar gonorar olishlarini aytdi.
Avvalroq, Ngannu PFL bilan shartnoma imzolagani malum bo'lgandi. Jangchi ligada jang qilishdan tashqari, PFLʼning Afrika maslahat kengashi azosi va u erda jangchilar manfaatlarini himoya qiladi.
"Raqiblarimga 2 million dollarlik gonorar kafolatlanadi. Balki, bundan ham ko'proq bo'lishi mumkin. Bu ularning shartnomasidagi qo'shimcha shartlariga bog'liq bo'ladi. Ammo biz minimal 2 million dollar gonorarni kafolatlaymiz. Mening gonorarimga kelsak, u biroz ko'proq bo'ladi", - dedi Ngannu.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar