17 iyu 13:30
Yangiliklar
Nigina Abduraimova bugun dunyoning sobiq ikkinchi raketkasiga qarshi o'ynaydi
Mukofot jamg'armasi 780,637 dollarni tashkil etuvchi ushbu turnirning saralash bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham o'z omadini sinab ko'radi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi qura natijasiga ko'ra saralashning ilk davrasida Vera Zvonaryovaga qarshi kortga chiqadi.
Rossiyalik 38 yoshli tajribali tennischi o'z vaqtida dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lgan. Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori, "Katta Dubulg'a" turnirlarining 5 karra (3 ta juftlikda, 2 ta aralash juftlikda) g'olibasi, 24 ta (12 tasi yakkalikda) WTA turnirlari chempioni hisoblangan Zvonaryova ayni paytda dunyo reytingida 1232-pog'onadan joy olgan. Abduraimova esa dunyoning 169-raketkasi bo'lib turibdi.
Fikrlar