18 dek 17:42
Yangiliklar
Tennis
Nigina ishtirok etgan turnir bosh sovrini Ispaniyaga ketdi
Franciyaning Limoj shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha W125 toifasiga kiruvchi turnir o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 82-raketkasi bo'lib kelgan ispaniyalik Kristina Buksha WTA reytingida 235-pog'onadan joy olgan franciyalik Elza Jakemoni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 2/6, 6/1, 6/2.
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi 1 soatu 50 daqiqa davom etgan. Franciya turniridagi bir xaftalik muvaffaqiyatli ishtirok Bukshaga 160 reyting ochkosi hamda 13,040 evro mukofot puli keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Limoj turnirining 1/8 finalida hamyurtimiz Nigina Abduraimova dunyoning 50-raketkasi, musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan rossiyalik Anna Blinkovaga 4/6, 0/6 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar