05 sen 07:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Nigina O'ktamovaning Jahon chempionatidagi navbatdagi raqibasi malum
Xabaringiz bor, kecha Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha World Boxing Jahon chempionati start oldi.
Dunyo birinchiligining ilk kuni O'zbekiston terma jamoasidan faqatgina ayollar o'rtasida -54 kg vazn toifasidagi vakilamiz — Nigina O'ktamova ringga ko'tarildi va qozog'istonlik Elina Bazarovani yaqqol ustunlik bilan ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
O'ktamova hatto raqibasini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi. Endi Nigina nimchorak final bosqichi doirasida Vengriya vakilasi Xanna Lakotarga qarshi ringga ko'tariladi. Lakotar to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan bahslarga kirishmoqda. O'ktamova - Lakotar jangi 8 sentyabr kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
22:31
JCHni muvaffaqiyatli boshladik: Nigina O'ktamova qozog'istonlik bokschini mag'lubiyatga uchratdi 0
Fikrlar