So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

14 fev 19:00
Yangiliklar

Taekvondo

Nigora Tursunqulova va Dmitriy SHokin Turkiyadagi musobaqada oltin medalni qo'lga kiritdi

Turkiyaning Istanbul shahrida taekvondo bo'yicha nufuzli xalqaro turnir o'tkazilayotgani haqida xabar qilgandik.

Kecha Nikita Rafalovich -74 kg vazn toifasida finalgacha etib borib, kumush medal sohibiga aylangandi. Bugun o'tkazilgan bahslarda esa vakillarimiz bizga medallar shodasini taqdim etdilar. 

Erkaklar o'rtasida Dmitriy shokin barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, musobaqa g'olibiga aylandi. +87kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan SHokin avvaliga germaniyalik CHem Unlusoyni, chorak finalda mezbon sportchi Okay Duztepeni, yarim finalda Makedoniya vakili Deyan Gergevskini, hal qiluvchi final jangida esa Verdan Golecni mag'lubiyatga uchratib, musobaqa g'olibiga aylandi.

Qizlar o'rtasida -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigora Tursunqulova ilk jangida franciyalik Liza Berneybni, keyin esa Turkiya terma jamoasi sportchisi Xacher Orgarunni, yarim finalda rossiyalik Yuliya Miyuc, hal qiluvchi jangda boshqa bir mezbon taekvondochi Mervenur Evchini mag'lubiyatga uchratdi. 


-53 kg vaznli hamyurtimiz Dinora Mamadibragimova avvaliga rossiyalik Anastasiya Puchkoni, ikkinchi jangida boshqa bir rossiyalik Diana Caraeva, chorak finalda mezbon sportchi Zehra Dosuchukurdan ustun keldi. Yarim finalda esa xorvatiyalik Dora Marichga imkoniyatni boy bergan Dinora yakunda Turkiyadan bronza medali bilan qaytadigan bo'ldi.

SHu tariqa, taekvondochilarimiz "Turkish Open" musobaqasida umumiy hisobda 2ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medalini qo'lga kiritdi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
14 fev 19:30:07
Alik Yulchiev
Шокин наконецто
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing