12 iyu 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat: Murodjon Ahmadaliev Naoya Inoue bilan jangini elon qildi (POSTER)
Ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA Interim kamari sohibi, o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev keyingi jangi sanasi va manzilini malum qildi.
30 yashar charm-qo'lqop ustasi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomining markaziy bellashuvida ikkinchi eng engil vaznning mutlaq chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga ko'tariladi.
Jang mutlaq chempionlik uchun bo'lib o'tadi.
"Keyingi bekat Tokio, Yaponiya", deya quyidagi posterni izohlagan Ahmadaliev.
Malumot uchun, Namanganda tug'ilgan Murodjon prof faoliyati davomida hozirgacha 15 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 32 yashar Inoue hisobida esa faqatgina 30 ta g'alaba mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar