17 sen 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat! Tayson Fyuri Joshuaga shartnoma jo'natdi
Mashhur promouter Frenk Uorren superog'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri Entoni Joshuaga qarshi jang shartnomasini imzolaganini malum qildi.
Uorrenning so'zlariga ko'ra, endi Joshua shartnoma imzolashi kerak.
"SHartnomalar Entoni Joshuaning jamoasiga yuborildi. Ularni juma kuni ertalab olishlari kerak edi. Endi biz Britaniya boksidagi eng yirik to'qnashuvdan birini o'tkazishimiz uchun Entoni jamoasi hujjatni ko'rib chiqib, imzolashini kutishimiz qoldi, xolos", — dedi Uorren.
Uorren jangni tashkil etishda hech qanday muammo bo'lmasligi kerakligini qo'shimcha qildi.
"Keyingi qadam raqib jamoasiga shartnomalar jo'natish edi va biz buni uddaladik. Hech qanday muammo bo'lmasligiga aminman. Biz hammamiz bu jang bo'lishini istaymiz", - dedi Uorren.
Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang 3 dekabr kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar