23 sen 12:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Nihoyat! UFC kamari sohibi Xamzat CHimaevga javob qaytardi
O'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Israel Adesanya ilk bor asli chechen bo'lgan Xamzat CHimaev haqida fikr bildirdi.
“Uning o'zini va janglarini hali ko'rmadim. Xamzatni faqat matbuot anjumanlarda bazi balandparvoz gaplarini eshitdim. Uning gaplari ajoyib, lekin janglari... Nima bo'lgan taqdirda ham unga hali bor! U hali ancha past darajadagi jangchilarga qarshi jang qilmoqda. U unchalik kuchli bo'lmaganlarni mag'lub etib, barchani jangga chorlash mumkin deb o'ylamoqdami? Lekin uni ham tushunish kerak, hamma o'zini piar qilishni istaydi”,-dedi Israel Adesanya.
Eslatib o'tamiz, Xamzat bir necha bor o'rta va yarim o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlariga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini malum qilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar