21 iyu 14:05
Yangiliklar
Taekvondo, Tokio-2020
Nikita Rafalovich: "Nimalarga qodirligimizni ko'rsatishga harakat qilamiz"
Taekvondochimiz Nikita Rafalovich Rio-2016 o'yinlari oldidan o'z fikrlari bilan qisqacha tarzda o'rtoqlashdi.
"Tayyorgarlik albatta ko'ngildagidek bo'ldi. Hozir ham Olimpiadaga tayyorlanishda davom etmoqdamiz. Taekvondo bo'yicha musobaqalar 19 avgustdan boshlanadi. SHu sababli, oldimizda deyarli bir oy bor. Qattiq tayyorgarlik ko'ramiz. Olimpiada boshlangunicha o'zimizning eng yuqori formamizga chiqib olmoqchimiz. Nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatishga harakat qilamiz", - deydi Rafalovich.
Eslatib o'tamiz, -80 kg vazn toifasida tatamiga chiqadigan Nikita Rafalovich birinchi bosqichda tunislik Ossama Oueslatiga qarshi jang qiladi.
Fursatdan foydalanib, istedodli taekvondochimizda Riodan medal bilan qaytishini tilab qolamiz! Omad, Nikita!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar