So’nggi yangiliklar

19:09Хитойдаги UFC турнирининг бонус соҳиблари аниқ бўлди 0 18:37АПЛ. Абдуқодир Ҳусанов захирада қолдирилган ўйинда "Манчестер Сити" "Тоттенхэм"га ютқазди 0 18:00Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади 0 17:40UFC Шанхай. Марказий жангда нокаут қайд этилди 0 17:15UFC Шанхай. Алжемейн Стерлинг Брайан Ортега билан жанг қилди 0 16:58UFC собиқ чемпиони ноябрь ойида октагонга қайтмоқчи 0 16:37UFC Шанхай. Сергей Павлович иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 16:16"Бунга нуқта қўйиш вақти келди". Нганну Уайлдерни жангга чорлади 0 15:55Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум 0 15:33Шанхайдаги UFC турнири доирасида Марказий Осиё дербиси бўлиб ўтди 0 15:10"Бунда интрига бор". Махачев Топурия билан жангга қизиқмоқда 0 14:49Камрон Абдураззоқов Asian Cup 2025 кумуш медали совриндори 0 14:28Романо Доннарумманинг келажаги ҳақида фикр билдирди 0 14:07Чарльз Оливейра Илия Топурия энди кимга қарши жанг қилиши кераклигини айтди 0 13:46Нодирбек Якуббоевда яна ғалаба, у 61th Rubinstein Memorial чемпионлигига яқин! 0

28 apr 00:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Nodirjon Mirzahmedov "chopilganlar"ning navbatdagisi(mi?)

O'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Nodirjon Mirzahmedov jahon chempionatida ishtirok etmaydi.

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda - 48 kg vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik bokschi Nodirjon Mirzahmedovning jahon chempionatida ishtirok etuvchi tarkibdan noxaq chiqarib yuborilgani aytilayotgan video tarqaldi. Videoda bokschining aynan nima sababdan tarkibdan chiqarilgani aytilmagan edi.

Nodirjon Mirzahmedov yaqin kunlargacha terma jamoa tarkibida jahon chempionati uchun tayyorgarlik olib borayotgan edi, u Kuba terma jamoasi bilan qo'shma mashg'ulotlarda ham ishtirok etgan edi. Olamsport.com'ga bergan intervyusida esa Mirzahmedov JCH tarkibidagi o'rni aniq bo'lganini istisno etmagan edi.


Tarkibdan "chopilganini" ochiq-oydin aytgan bokschimiz Olamsport.com'ga bergan qisqa interyuvsida bunga quyidagicha munosabat bildirdi:

"Yo'q, hech qanday sabab yo'q! Ko'rdingiz, O'zbekiston chempionatini ham yutdim bu yil, yana ishonishmadi va sparringlar qilishdi. Sparringlarda ham yutdim. O'zim ham tushunmay qoldim nega "chopishganini"... Lekin hamma sparring bosqichlaridan o'tgan edim. Ularning qarori esa shunaqa bo'ldi oxirida. Kattalarga yoqmabmiz, shekilli!".

Hozirda Nodirjonning o'rniga - 48 kg vazn toifasida kim ringga chiqishi malum emas, ammo katti ehtimol bilan endi bu vaznda SHodiyor Meliqo'ziev yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Mirzahmedov o'tgan yili O'zbekiston chempionati finalida aynan Meliqo'zievni mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Fevral oyida Bolgariyada bo'lib o'tgan "Stranja" musobaqasida esa Mirzahmedov chorak finalda mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan edi. Nodirjon bilan bir vaznda ishtirok etgan SHodiyor Meliqo'ziev esa Sofiya shahridagi turnirda oltin medalni qo'lga kiritgan edi.



Jahon chempionati uchun aynan qaysi jihat ustunlik qilgani qiziq: tajriba yoki yoshlarga imkoniyat berilishi

Meliqo'ziev ham o'z-o'zidan kelib qolmagani aniq bu yo'lgacha, uning "Stranja"dagi natijasi katta rol o'ynashi tabiiy. Ammo shu kungacha - 48 kg vaznda Nodirjon Mirzahmedov JCH uchun asosiy nomzod bo'lib kelayotgan edi. Uning musobaqaga bir hafta qolganida tarkibdan tushib qolgani, biroz kutilmagan qaror bo'lib qolmoqda.


Bundan avval O'zbekiston terma jamoasi tarkibida - 54 kg vaznda Miraziz Mirzaxalilov, - 80 kg vaznda jang qiluvchi Odijlon Aslonovlarning Toshkentdagi jahon chempionatida ringga chiqmasligi malum bo'lgan edi. Bunday kutilmagan qarorlarning hech biriga hozirgacha munosabat bildirilmadi.

Uzun-quloq gaplarga qaraganda, Miraziz Mirzaxalilov 2021 yilgi Jahon chempionatidan so'ng doping nazoratida bo'lmagan va shu sababli u bu safargi musobaqadan chiqarilgan. Ammo Odiljon Aslonov va mana endi Nodirjon Mirzahmedovning tarkibdan tushib qolishi — tushunarsiz.


Balki termada raqobatni oxirigacha ushlab turmoqchi bo'lishgandir (!), balki yoshlarga imkon berish birinchi vazifa sifatida olingandir. Ammo o'z yurtimizda o'tadigan ilk jahon chempionatida o'z vaznining "egalari" birin-ketin tarkibdan tushib qolayotgani shubxalarni ko'paytirsa ko'paytiryapti-ki, aslo kamaytirmayapti.


Bugun yoki ertaga terma jamoaning yakuniy tarkibi ham elon qilinsa kerak, shunda barcha savollarimizga javob olishimiz mumkin bo'ladi. Har qanday holatda ham muxlislik qilishda davom etamiz, shunchaki uni "so'ndirib" qo'yishmasa bo'lgani!

Diyorbek Mavlonov

Reyting: +2   

Fikrlar

   
02 may 23:30:38
Ma'ruf Bozorov
Nodirjonni bilmadim lekin Mirazizbek Mirzaxalilov kiritilmagani nohaqlik boʻlibdi toʻgʻri koʻzga koʻrinarli yutuqlari kamdir lekin oʻtgan jahon chempionatidagi alamini olishga qoʻyib berish kerak edi uni nohaqlik sabab musobaqadan chiqarib yuborishgandi Belgradda
   
28 apr 11:57:28
Analitik
100% tugri qaror Nodirjin tortmaydi chet el bilan
   
28 apr 10:31:27
.Sherzod.
Bu yerda xech qanaqa chopish degan narsa yoq, Odiljonni jang uslubi o‘zimizikilarga o‘tadi lekin chetdagilarga o‘tmaydi undan ko‘ra yoshrog‘iga imkoniyat berib tajriba ortirgani yaxshiroq, Nodir yaxshi bokschi lekin uni yoshinigam xisobga olish kere janglarni kuzatgan odam biladiki ikkinchi rauntdan keyin charchab osilib qoladi oldingi Jaxon chempionatida imkon berilgan edi medalsiz qolib foydalanolmadi Shodiyorga berib yaxshi qilibdi
   
28 apr 10:27:06
Fahritdin Tashkenbaev
Одилжон Арслонов Осиё чемпионатида каёкдаги ирокликка ютказиб юрибди-ю!
   
28 apr 10:25:53
Fahritdin Tashkenbaev
Одилжон Арслонов Осиё чемпионатида каёкдаги иркликка ютказиб юрибдию!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing