26 mar 17:55
Yangiliklar
Gimnastika, Olimpiya o'yinlari
Nogiron sportchi Olimpiya o'yinlarida bir kunda 6 ta medal qo'lga kiritganini bilasizmi?
Olimpiya o'yinlari o'z tarixida misli ko'rinmagan voqeliklarni boshdan o'tkazgan.
Ulardan biri 1904 yil AQSHning Sent-Lyuis shahrida o'tgan Olimpiadada bo'lgan.
Gap shundaki, ushbu Olimpiya o'yinlarida mezbon gimnastikachi Jorj Eyser 1 kunning o'zida 6 ta medal qo'lga kiritgan. Gimnast ishtiroki davomida 3 ta oltin (parallel brus, tayanib sakrash va arqonga chiqish), 2 ta kumush (7 snaryad va ot ustida mashq) va bitta bronza (to'sinda mashq) medallarini jamg'argan. Yana bir ahamiyatli tomoni Eyser nogiron bo'lib, chap oyog'i o'rnida yog'ochdan qilingan protez bo'lgan.
Takidlash joiz, yuqorida sanab o'tilgan har bir yo'nalishda ko'pi bilan 5 nafar atlet qatnashgan va ularning bari AQSH termasi vakillari edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar