13 may 07:53
Yangiliklar
Nokdaunga uchragan Lomachenko Linaresni nokaut bilan engdi
Hozirgina AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida ushbu jang yakunlandi. Bokschilar 61,2 kg vazn toifasida jang o'tkazishdi. Ularning har ikkisi ham bir xilda 61,05 kg tosh bosishgandi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang o'ninchi raundda Lomachenkoning g'alabasi bilan tugadi. Oltinchi raundda nokdaun holatiga tushib qolgan ukrainalik chempion vaziyatni ijobiy tomonga o'nglay oldi. O'ninchi raundda zarbalar seriyasini o'tkazib yuborgan Linares referi hisobni yakuniga etkazganida ham o'rnidan ko'tarila olmadi.
SHu tariqa, ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni hisoblangan Lomachenko Linaresga tegishli engil vazndagi WBA Super chempionlik kamarini o'ziniki qilib oldi.
Fikrlar