29 jan 16:43
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich - Australian Open chempioni!
Melburnda yilning ilk "Katta dubulg'a" turniri - Avstraliya ochiq chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqa finalida serbiyalik Novak Jokovich greciyalik Stefanos Cicipasga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 59 daqiqa davom etgan o'yinda Jokovich raqibini 6:3, 7:6, 7:6 hisoblarida mag'lub etdi va musobaqa chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Jokovich koronavirus bilan bog'liq cheklovlar sabab 2022 yilgi Avstraliya ochiq chempionatini o'tkazib yuborgan edi.
U qaytdi va yana o'zi uchun qadrdon bo'lgan musobaqa g'olibligini 10-marotaba qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar