10 sen 15:40
Yangiliklar
Novak Jokovich: "Bu mening so'nggi finalim bo'lishi ham mumkin"
"36 yoshdaman, shu sababli "Katta Dubulg'a"ning istalgan finali men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin. SHuning uchun hozirgi "Dubulg'a"ni yutish 10 yil oldingisidan ko'ra muhimroq. 10 yil oldin hali faoliyatim oldindaligini bilardim, hozir esa yana qancha o'ynashimni, necha mavsum tennisda bo'lishimni bilmayman.
Balki bu turnirni yutgan eng yoshi katta tennischi bo'larman, biroq bu finalga boshqa o'yinlardagi kabi tayyorlanib kelaman. Unda g'alaba qozonishni istayman. Bu faqatgina final bo'lgani uchungina katta o'yin emas, balki, bu raqibga so'nggi marta "Dubulg'a" finalida imkoniyatni boy berganim uchun ham katta o'yin bo'ladi. Daniil meni 2021 yilgi US Open finalida mag'lub qilgandi. Tan olish kerak, u o'shanda eng yaxshi holatida bo'lib turgandi. Hozir esa men yaxshi holatdaman, imkoniyatlarim o'zimga ham yoqyapti", - dedi Jokovich.
Fikrlar