06 sen 08:46
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich US Open 1/2 finaliga chiqdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich AQSH Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Serbiyalik tennischi US Open 1/4 finalida sayyoramizning to'qqizinchi raketkasi, amerikalik Teylor Fritcni 6/1, 6/4, 6/4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 8:0 ko'rinishiga keldi.
Ikki soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 8, Fritc 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Fritcda ko'proq bo'ldi 5 ga 2. Novak 6, Teylor 2 ta breykka erishgan. Serbiyalik tennis yulduzi faoliyatida 47-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirilarining ushbu bosqichiga etib kelgan. U bu borada Rojer Federerdan o'zib ketdi va mutlaq rekordchiga aylandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar