So’nggi yangiliklar

17:03Ўзбекистон терма жамоаси самбочилари Грециядаги жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 16:55Осиё ўйинлари. Ўзбекистонлик спортчиларнинг барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 16:00Манба: Отабек Шукуров фаолиятини Европада давом эттиради 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 19:09Президент шахматчиларимизни тақдирлаб, Янги Тошкентда 500 ўринли шахмат саройи қуришни таклиф қилди 0 18:44Буюк Британия парламенти аъзоси "Манчестер Сити"ни АПЛдан четлатишга чақирди 0 18:15Осиё ўйинларининг ўнинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:48Осиё ўйинларининг ўнинчи кунини 3 та медаль билан якунладик: уларнинг 2 таси олтин! 0 17:18Таэквондочиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:43"Манчестер Сити" АПЛ томонидан қўйилган айбловларга жавоб қайтариш ниятида 0 16:09Осиё ўйинлари: эртага тўрт нафар боксчимиз ярим финалда жанг қилади 0 15:16Осиё ўйинларига бормаган боксчиларимиз Хитойдаги турнирда қатнашишди 0 14:35Осиё ўйинларининг дзюдо беллашувларига қуръа ташланди. Ҳамюртларимизнинг илк рақиблари маълум 0 12:13Диёра Келдиёрова узоқ танаффусдан кейин татамига қайтмоқда! 0 10:00Акбар Жўраев жаҳон рекордини янгилаб, Осиё ўйинлари чемпионига айланди 0

01 iyu 11:26
Yangiliklar

Kurash

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha jahon va Osiyo chempionati o'tkazildi

28-31 may kunlari Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabi manejida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon hamda Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

CHempionat dasturiga ko'ra, 29 may kuni belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati bahslari o'tkazilgan bo'lsa, 30 may kuni belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati tashkil etildi. Qita chempionatida ham jahon chempionatidagi kabi yigirmaga yaqin davlatdan 300 nafarga yaqin sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

CHempionat doirasida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi tomonidan Kongress o'tkazildi. Unda konfederaciya tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi. Kongressda konfederaciya azolari tomonidan Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi bosh kotibligiga nomozodlar ko'rib chiqildi. Barcha azolar bir ovozdan Sardor Dastirov nomzodini bosh kotiblikka tasdiqladi. 

Belbog'li kurashning klassik yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan Osiyo chempionatida o'g'il bolalar 10 ta vazn toifasida bellashishgan bo'lsa, qizlar 7 ta vaznda g'oliblik uchun bor mahoratlarini namoyish etishdi. 

Osiyo chempionati g'olib va sovrindorlari:

45 kg. Isabek Beysinbaev (O'zbekiston) 

50 kg. Otabek SHavkatov (O'zbekiston) 

55 kg. Temurbek Nematullaev (O'zbekiston) 

60 kg. Xumoyunmirzo Biloliddinov (O'zbekiston) 

65 kg. Ahliddin Mamatkarimov (O'zbekiston) 

71 kg. Nurbek Musinboev (O'zbekiston) 

77 kg. Islombek Ziyotboev (O'zbekiston) 

85 kg. Selim Annanazarov (Turkmaniston) 

95 kg. Abbas Rakxat (Qozog'iston)

+95 kg SHohjahon Rahmatov (O'zbekiston). 

Qizlar: 

44 kg. Risolatxon Olimova (O'zbekiston) 

48 kg. Zilolajon Qudratova (O'zbekiston) 

52 kg. Gulnur Amanbaeva (O'zbekiston) 

57 kg. Nazmi Mundisbaeva (Qirg'iz Respublikasi) 

63 kg. Aneliya Turdiboeva (Qirg'iz Respublikasi) 

70 kg. Sanet Talabekova (Qirg'iz Respublikasi) 

+70 kg Rayhonaxon Mamatkarimova (O'zbekiston)

Osiyo chempionati bellashuvlari yakuniga etgach, barcha g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Tantanali taqdirlash marosimida Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi prezidenti Mo'min Muratov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov ishtirok etdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing