11 okt 10:09
Yangiliklar
Engil atletika
Nukusda yugurish musobaqasi o'tkazildi
Nukusda talaba-yoshlar o'rtasida sport va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida “Talaba – yugur” ko'ngillilar yugurish sport musobaqasi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Nukus shahridagi barcha oliy talim muassasalaridan talabalar, shuningdek, professor-o'qituvchilar ishtirok etdi. Musobaqa sportning nafaqat jismoniy sog'lomlik balki birlashuv va do'stlikning ifodasi ekanligini yana bir bor namoyish etdi.
Erta tongda boshlangan musobaqa yurtimizda yoshlar o'rtasida sportga bo'lgan qiziqishning ortib borayotganini va sog'lom avlod tarbiyasiga bo'lgan etiborning muhimligini tasdiqladi.
G'oliblarga tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari topshirildi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar