29 sen 15:04
Yangiliklar
"NUR-HAS" shinkiokushinkay karatechilari Qozog'istondagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
Jambil viloyati tashkil etilganiga 85 yil to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan musobaqada mezbonlardan tashqari O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasidan kelgan 200 nafardan ziyod ishtrokchi medallar uchun bahs olib bordi.
Ushbu xalqaro turnirda Mutal Nazarov boshchiligidagi "NURHAS" shinkiokushinkay karate markazi tarbiyalanuvchilari ham muvaffaqiyatli tarzda qatnashib, yurtimizga medallar bilan qaytishdi. Jumladan, Mirzohid Xolboev (-30 kg) 11 yoshlilar, Saidaziz Asqarov (-35 kg) 12 yoshlilar o'rtasida oltin medalni qo'lga kiritdi.
O'n uch yoshlilar guruhida kurashgan Ozodbek Abduraupov (+45 kg) kumush medalga ega chiqdi. Muhammadali Nazarov (+45 kg) esa 13 yoshlilar o'rtasida bronza medaliga sazovor bo'ldi. Mutal Nazarov xalqaro turnirning eng yaxshi hakami deb topildi.
Baxtiyar Bagisbaev, musobaqa tashkilotchisi
Fikrlar