20 noy 13:01
Yangiliklar
"NUR-HAS" yigitlari jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilishdi + FOTO
Ushbu nufuzli musobaqada Gollandiya, Germaniya, Ispaniya, Greciya, Xorvatiya, CHexiya, CHernogoriya, Slovakiya, Vengriya, Qozog'iston kabi davlatlardan kelgan yakkakurash ustalari qatorida yurtimiz sharafini "NUR-HAS" karate markazi tarbiyalanuvchilari Mutal Nazarov va Eralipolvon Bobonazarovlar himoya qilishdi.
Kumite musobaqasining 40 yoshdan oshgan faxriylar bahsida Mutal Nazarov bronza medalini qo'lga kiritdi. Uning o'zi kata bahslarida ham bronza medaliga sazovor bo'ldi. Eralipolvon Bobonazarov mutlaq vazn toifasida kumush medalni qo'lga kiritdi.
Kata bahslarida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi. Mezbonlar birinchi, Ruminiya terma jamoasi ikkinchi o'rinni band etdi. Kumite musobaqasida Qozog'iston birinchi, Vengriya ikkinchi, O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rindan joy oldi.
Fikrlar