04 okt 19:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov Aljameyn Sterlingga "otvet" qaytardi
Rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Umar Nurmagomedov eng engil vazn toifasida UFC chempioni Aljameyn Sterlingga so'zlariga javob qaytardi.
"Agar chempionlik kamaringdan ayriladigan bo'lsang, meni to'xtatib ko'r. Agar kamaringni himoya qilishda davom etsang, sening oldingga o'zim boraman", - deb yozadi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda.
26 yoshli Umar Nurmagomedov o'n beshta g'alabadan iborat ajoyib seriyasini davom ettirmoqda, shundan uchtasini UFC'da qo'lga kiritgan.
33 yoshli Aljameyn Sterling esa 22 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan UFC 280 turnirida Ti Jey Dillashouga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar