28 jan 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

"Nurmagomedov mendan kuchliroq ekanligini ayta olmaydi"
Braziliyalik MMA jangchisi CHarlz Oliveyra o'zining UFC chempioni Xabib Nurmagomedov haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu yigitni hurmat qilish kerak. 29-0 - uni hech kim mag'lub qila olmagan. Kim bilan jang qilgan bo'lsa, barchasi ustidan nazorat qilgan. Juda katta nomlarni er tishlatgan. Ammo, u men bilan jang qilmagan. SHu sababli, u men hammadan kuchliman deya olmaydi. U Konordan kuchliman yoki Dastin Poredan kuchliman deyishi mumkin, lekin Xabib mendan kuchliroq ekanligini ayta olmaydi.
Men Poreni mag'lub qilib UFC chempioniga aylanganimdan so'ng, bu narsa Xabibni biroz jonlantirishi mumkin. Ammo, u qaytadi deb o'ylamayman. Xabib otasining ruhi bilan qasam ichgan. SHu sababli, keling Pore va men o'rtamizda chempionlik jangini tashkil etamiz", - dedi CHarlz Oliveyra.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar