22 okt 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov nimadan norozi?
Aralash yakkakurash bo'yicha rossiyalik taniqli jangchi Usman Nurmagomedov Moskvada bo'lib o'tadigan Bellator 269 turniri uchun tanlangan raqibiga izoh berdi.
Nurmagomedov finlyandiyalik jangchi Patrik Pietila bilan kuch sinashadi.
“Men uyda jang qilaman. SHu boisdan ham kuchliroq raqibga loyiqman, ular esa aksincha, menga finlyandiyalikni olib kelishdi. Men uni hurmat qilaman, lekin jangchi sifatida biz u bilan turli darajalardamiz, buni bilaman. Ular menga shu raqibni berishdi va men rozi bo'ldim. Bu borada hech narsa qilish mumkin emas. Umid qilamanki, keyingi turnirda kuchli raqib bo'ladi. Ko'ramiz!", - dedi Usman.
Avvalroq, Usman Nurmagomedov o'zining mashhur amakivachchasi - Xabib Nurmagomedovning yutuqlaridan o'zib ketish ehtimolini taxmin qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar