08 dek 08:45
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/245426_220.jpg)
Nurmagomedov oktagonga qaytadi, buni Xabib tasdiqladi (VIDEO)
Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
Engil vaznda sobiq UFC chempioni, ayni damda Eagle FC ligasiga rahbarlik qilayotgan Xabib Nurmagomedov (29-0, 8KO) jamoadoshi, yarimo'rta vaznda UFC jangchisi Abubakar Nurmagomedov (17-3-1, 6KO)ning qachon oktagonga qaytishini malum qildi.
"Martda bu ishni takrorlaymiz", - deya ushbu video orqali Abubakar Nurmagomedovga murojaat qilgan Xabib.
Abubakar Nurmagomedov so'nggi bor 22 oktyabr kuni UFC 280 musobaqasi doirasida Gadji Omargadjiev (13-2, 8KO)ga qarshi oktagonga chiqib, uch raund yakunlariga ko'ra ochkolar hisobida g'olib bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar