27 mar 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov o'zbekistonliklar bilan bir Ligada jang qiladi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Abubakar Nurmagomedov Amerikaning Global Fight League (GFL) tashkilotida debyut qiladi.
Bu haqda Rossiyaning TASS nashri xabar berdi.
Nurmagomedov yangi Ligadagi ilk jangini may oyida o'tkazishi kutilmoqda. Raqib hozircha nomalum.
Abubakar Nurmagomedov 35 yoshda. Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi 2012 yilda professional aralash yakkakurash ustasi sifatida debyut qilgan va 2019 yildan 2023 yilgacha UFC'da to'rtta jang o'tkazib, ikkitasida g'alaba qozongan va ikki bor mag'lub bo'lgan.
GFL Ligasida Abubakardan tashqari o'zbekistonlik sportchilar — Humoyun To'xtamurodov, Muhiddin Mamajonov, Amirxon Alixo'jaev va Saidyoqub Qahramonov jang qilishi kutilyapti.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar