10 noy 14:40
Yangiliklar

Nurmagomedov reytingda kuchli uchlikka kirib oldi + FOTO
Usman Bellator promoushenida uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyatli seriya sabab u engil vaznlilar reytingida ettinchi pog'onadan uchinchi o'ringa yuqoriladi. Kuchli uchlikdan sobiq Bellator chempion Brent Primus va divizionning birinchi raqamli jangchisi Sidni Autlou joy olgan.
Ushbu vaznda yangi Bellator chempioni paydo bo'ldi. O'tgan hafta Irlandiyaning Dublin shahrida o'tgan Bellator 270 turnirining markaziy jangida braziliyalik Patrik "Pitbul" Freyre ikkinchi raundda mezbonlar vakili Piter Kuillini nokautga uchratib, vazn chempioniga aylangandi.
Malumot uchun, 23 yoshli Usman Nurmagomedov Bellator promoushenida shu yilning aprel oyida debyut qilgandi. O'shanda u Mayk Xemilni ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgan edi. SHundan so'ng Usman Menni Muroni texnik nokautga uchratgan bo'lsa, uchinchi jangida Patrik Pietilni bo'g'ib qo'ygandi.
Fikrlar