So’nggi yangiliklar

11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0

04 okt 14:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Nurmagomedov vs Makregor. Kimda imkoniyat yuqori? (so'rovning davomi)

Teglar :  KonorXabibUFC
Kurrai zaminimizda sportga befarq bo'lmagan inson borki, barchasi 6 oktyabr (bizning vaqt bilan 7 oktyabr tongiga to'g'ri keladi) kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC doirasidagi Xabib Nurmagommedov va Konor Makgregor o'rtasidagi “Asr jangi”ni orziqib kutyapti.

Bu borada butunjahon ommaviy axborot vositalarida juda ko'plab maqolalar, shov-shuvli xabarlar chop etilmoqda. Barchasida bitta savol: ushbu jangda kim g'olib bo'ladi, hozirgi kunda kim kuchliroq? 

Darhaqqiqat, bu jangning g'olibini avvaldan bashorat qilish juda ham qiyin yoxud kim kuchli ekanligi borasida fikr bildirish! Biz yurtimizdagi ko'zga ko'ringan sport jurnalistlari, sportchi va murabbiylar, sanat ahli vakillarining fikr va mulohazalarini etiboringizga havola etishni davom ettiramiz. 


Sunnat Ilyasov - murabbiy, MMA bo'yicha sobiq chempion

- Xabib g'alaba qozona oladi, deb o'ylayman. Sababi, u hali kuchli nokautlarga uchramagan. Yani, zarba ko'tara oladi. Odatda, kurashchilar zarbaga chidamli bo'ladi. CHunki, oyoq va bo'yinga ishlov yaxshi beriladi. SHuning uchun ham tananing ushbu qismlari baquvvat bo'ladi.Xabib odatdagi uslubini qo'llay olsa, Konorni osongina mag'lub eta oladi. To'g'ri, irlandiyalik sportchi ham anoyilardan emas. Zarba kuchi, oyoq-qo'l texnikasi yaxshi shakllangan. Lekin imkoniyat baribir Nurmagommedovda yuqoriroq. 

Zufar Sulaymonov - “Oqtepa” professional boks klubi murabbiyi

- Ikki kuchli raqibning o'zaro to'qnashuvi. Har ikkisi ham o'z sport turida katta muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Lekin men Konorni ko'proq “SHoumen” sifatida bilaman. Xabib yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozonadi. CHunki, dog'istonlik sportchi doimo, o'z ishi bilan mashg'ul bo'ladi. Konor Makregor esa, “piar”, reklamalar va boshqa noodatiy hatti-harakatlari bilan ovora bo'lib yurdi. Boksda sinab ko'rdi o'zini, maishatga berildi. Har xolda, ommaviy axborot vositalari orqali ushbu xolatlardan xabardor bo'lganim uchun mazkur fikrni bildirmoqdaman. Xabib omad yor bo'lsin!

Davron Fayziev – jurnalist

- Bilasizmi, bu jang borasida biror aniq fikr bildirish amrimahol.CHunki, har ikkisining ham o'ziga xos kuchli tomonlari bor. Aslida, bu vazn toifasidagi eng kuchli deya Toni Fergyussonni aytgan bo'lardim. Albatta, bu shaxsiy fikrim. SHunday bo'lsada, Xabibga eng noqulay raqib aynan Konor Makgregor, deb o'ylayman. Jangda kim g'alaba qozonadi bilmadim-ku, lekin men Xabib Nurmagomedovga muxlislik qilaman.


Ahmadjon ESHMATOV yozib oldi, o'z muxbirimiz

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 okt 18:25:39
Uzb Mma
Xabib olg'aaaa !!! Uuurrr unii !!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing