06 okt 21:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning Konordan keyingi raqibi malum qilindi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning menejeri Rizvan Magomedov rossiyalik sportchining Konor Makgregorga qarshi o'tkazadigan jangidan keyingi rejalarini oshkor qildi.
“Endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Zilzila bo'lib, shaharni er yutgan taqdirdagina jang qoldirilishi mumkin. Boshqa holatda sizu biz ajoyib jangga guvoh bo'lamiz. Pul uchun o'tkaziladigan janglar har doim topiladi.
Bu ertaga jangdan keyin hayot tugaydi, degani emas. Hali superjanglar ko'p bo'ladi. Ana shunday janglardan biri Jorj Sen-Per hamda Toni Fergyusonga qarshi kechishi mumkin. Makgregorga qarshi jangdan so'ng biz Fergyuson yoki Sen-Per jamoasi bilan muzokaraga kirishamiz”, - dedi Rizvan Magomedov.
Havola :
Fikrlar