19 okt 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedovning murabbiyi Xabibning vazn tashlash jarayoni haqida gapirdi
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes sportchining Jastin Getjiga qarshi jang uchun vazn tashlash jarayoni qanday kechayotgani haqida gapirdi.
"Vazn tashlash jarayoni yaxshi kechmoqda. Ayni paytda Xabib avvalgi janglari bilan taqqoslaganda engilroq vazn qayd etmoqda. Barchasi yaxshi ketmoqda.
Xabibning jang kungi vazni qanday bo'ladi? Men xech qachon bu haqida so'ramaganman. U vazn qiladi, men esa barchasi joyida ekanligini tushunaman. Undan "Hozir qanday vazndasan?" deb so'ramayman. SHunchaki "Barchasi joydami?" deyman. U esa "Ha murabbiy, barchasi ajoyib" deydi", - dedi Mendes o'z intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar