So’nggi yangiliklar

17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0 14:51Баҳодир Аҳмедов - Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи! 0 14:09Ўзбекистон делегациясининг IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечта спорт турида неча нафар спортчи билан қатнашиши тасдиқланди 0 13:24Жаҳон чемпионатида биринчи бўлган боксчиларимиз кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:36WTA 500. Камилла Раҳимова Токиода 1/2 финалга чиқди 0 11:57"Ал Насср" "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан 5 та гол урди, Роналдудан хет-трик! + ВИДЕО 0 11:22"Президент Олимпиадаси". 14 ҳудудий жамоанинг барида медаль! + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0

01 avg 10:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Nurmagomedovning tezkor nokauti bilan yakunlangan PFL turnirining barcha natijalari

Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Usman Nurmagomedov Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan turnirda o'zi singari yutqazmay kelayotgan amerikalik Archi Kolganni muddatidan oldin taslim etib, PFL chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi raundning to'rtinchi daqiqasidayoq yakunlandi. Nurmagomedov raqibini oyoq bilan bosh qismiga yo'llagan zarbasi orqali sarosimaga solib qo'ydi, so'ngra apperkot bilan uni ikkinchi bor nokdaun holatiga tushirdi va hakam Kit Piterson 3-daqiqa 42-soniyada jangni to'xtatgunga qadar raqibini taslim etdi.

Amerikalik raqibini mag'lub etgan rossiyalik jangchi tashkilot bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi bo'yicha so'nggi jangini o'tkazdi. Birlashgan liga rahbari Jeyk Pol oktagonga chiqib, Nurmagomedov bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini malum qildi.

Turnirning ikkinchi asosiy jangida mag'lubiyatsiz kelayotgan britaniyalik Dakota Ditcheva navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi. U uch raund yakuniga ko'ra, hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan niderlandiyalik Denis Kilxoltsdan ustun keldi.

Oqshomning uchinchi muhim jangida mag'lubiyatsiz rossiyalik engil vaznli jangchi Amru Magomedov tashkilot bayrog'i ostida ikkinchi g'alabasini tantana qildi. U ikkinchi raundda kubalik Anxel Alvaresni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.

Boshqa natijalar qatorida rossiyalik Tatyana Postarnakovaning muvaffaqiyatli chiqishini takidlash joiz: u hakamlarning ayri qarori bilan amerikalik Montana De La Rosani mag'lubiyatga uchratdi.


PFL turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Usman Nurmagomedov Archi Kolganni nokautga (zarbalar) uchratdi – 1-raund, 3:42.

Dakota Ditcheva raqibasi Deniz Kilxolcni hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 30-27, 30-27) mag'lub etdi.

Amru Magomedov Anxel Alvaresni texnik nokautga (zarbalar) – 2-raund, 4:28.

Mustafa Diaxate Derril Uokerni texnik nokaut (zarbalar) evaziga yutdi – 1-raund, 2:35.


Prelim kard janglari

Lazaro Dayron Raufon Stotsni hakamlarning ayri qarori bilan engdi (28-29, 29-28, 29-28).

SHon Gauchi Allan Begossoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27).

Omar El Dafravi Jonatan Pirsmni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 30-27, 30-27).

Tatyana Postarnakova raqibasi Montana De La Rosadan ochkolar hisobi bo'yicha ustun keldi (28-29, 29-28, 29-28).

Levan Xabalaev CHemi Delva texnik nokautga (tizzada tana qismiga zarba) uchratdi – 1-raund, 1:44.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing