18 fev 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmuhammad "Venom" Adamxonov One FC'dagi debyut jangida mag'lub bo'ldi
Nurmuhammad Adamxonov kecha One Championship promoushenida ilk jangini o'tkazdi.
Kecha Tailandning Bangkok shahrida One Championship promouterlik kompaniyasining muay-tayga asoslangan One Friday Fights 5 musobaqasi bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqa doirasida o'zbekistonlik o'ta engil vaznli Nurmuhammad Adamhonov (0-2) ham jang qildi. Filippinlik Fritc Biagmanga (5-1) qarshi o'tgan jang 3-raundda muddatidan avval yakunlandi. 3 raund davomida Adamxonov ustidan nazorat o'rnatgan Biagman jangning so'nggi raundida hamyurtimizni nokautga uchratdi.
Afsuski, One Championship ligasidagi uch nafar hamyurtimizning har uchchalasi so'nggi janglarida mag'lub bo'lishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar