04 iyu 14:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev: "Hammadan uzr so'rayman!"
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev kechagi g'alabasidan so'ng Instagram tarmog'ida post qoldirdi.
"Assalomu alaykum, hammaga! Yaxshimisizlar? Rahmat katta, mana jangni chiroyli qilib o'tkazib oldik. Ko'p xabar va tabriklarga javob bera olmayapman, uzr so'rayman hammadan. To'g'risi, ulgura olmayapman. Duo qilib turinglar, In SHa Alloh bundan keyin ham shunaqa chiroyli, yaxshi jang ko'rsatishga harakat qilamiz. Rahmat hammaga!", - degan aralash yakkakurash ustamiz.
Eslatib o'tamiz, o'rta vaznli Nursulton Ro'ziboev yakshanba tongida UFC'da debyut qilgan edi. Braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi kechgan jangda Ro'ziboev ilk raunddayoq muddatidan oldin g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar